Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 20-oktabr 2026 · qoralama — yurist bilan kelishiladi (TBC)

Sayr — Markaziy Osiyodagi tabiat joylari haqida maʼlumot beruvchi ilova. Bu sahifa qanday maʼlumot yigʻishimiz va uni qanday himoya qilishimizni tushuntiradi.

1. Qanday maʼlumot yigʻamiz

Telegram, Apple yoki Google orqali kirsangiz — ism va akkaunt identifikatori. Saqlagan joylaringiz, yoʻl xabarlari, xato xabarlari va takliflaringiz. Joylashuv faqat ruxsat bersangiz ishlatiladi; yoʻl xabari yoki foto yuborsangiz, uning joylashuvi xabar bilan birga saqlanadi.

2. Nima uchun ishlatamiz

Saqlanganlarni qurilmalaringiz orasida sinxronlash, yoʻl holatini yangilash va siz yoqqan bildirishnomalarni yuborish uchun. Reklama uchun ishlatmaymiz.

3. Kimga beramiz

Hech kimga sotmaymiz. Tur tashkilotchilari ismingizni faqat oʻzingiz Telegram’da yozsangiz koʻradi. Shikoyat qilsangiz, ismingiz tashkilotchiga koʻrsatilmaydi.

4. Saqlash va oʻchirish

Akkauntni ilovada Profil → Akkauntni oʻchirish orqali oʻchirasiz. Maʼlumotlar 30 kun ichida toʻliq oʻchiriladi; yoʻl xabarlari ismsiz qoladi.

5. Aloqa

Savollar uchun: privacy@sayr.uz (TBC). Siyosat oʻzgarsa, ilovada oldindan xabar beramiz.